Savol: Men namoz o'qishni, Islom dinini mukammal darajada o'rganishni juda-juda xohlayman. Men O'zbekistonda emasligim uchun bilmayman. Hozir musofir yurtdaman. Men nima qilishim kerak? Yoshim 22da. Shu vaqtlarda qilgan gunohim va bundan keyingilari uchun tavba qilishni istayman. Asli musulmon bo'lsamda, musulmonning amallarini yaxshi bilmayman. Sizlardan iltimos, menga yordam beringlar. Oldindan katta rahmat. Hilola. Javob: Alloh taolo sizga yordam bersin. Insonning niyati xolis, harakati jiddiy bo'lsa, albatta Alloh madad ato qiladi. Rabbingiz nomidan ayting: “Ey o'zlarining zararlariga ko'p gunoh qilgan bandalarim! Allohning rahmatidan umid uzmangiz. Shubhasiz, Alloh barcha gunohlarni kechiradi. Albatta U G'afurdir, Rahiymdir (53). Sizlarga azob kelib, yordamsiz qolib ketmasingizdan avval Rabbingizga qayting va Unga taslim bo'ling. (54). O'zingiz sezmagan holingizda to'satdan azob kelib qolmasidan burun, sizlarga nozil qilingan kitoblarning eng afzaliga ergashing. (55). Toki, hech bir jon egasi: “Vo hasrato, Allohning haqqini zoye' qildim-a, dunyoda faqat masxara qiluvchilardan bo'ldim-a!” deb qolmasin. (56). (Zumar surasi). “Men albatta tavba qilgan, iymonini kamolga etkazgan, solih amal qilgan, so'ng hidoyatda sobit turgan kishi uchun ko'p gunohlarni kechiruvchi Zotdirman “. (Toho, 82). Tavbaning to'rtta sharti bor: 1. Gunohdan butkul to'xtash; 2. Qilgan gunohi uchun afsus chekish; 3. Gunohni boshqa qilmaslikka qat'iy qaror qilish; 4. Agar odamzod haqqiga tajovuz qilgan bo'lsa, uni rozi qilish; Biz sizga yordam berishni so'rab, ba'zi muslima birodarlarga murojaat qildik. Ular alhamdulilloh rozi bo'lishdi. Inshoalloh, tez fursat ichida siz bilan bog'lanishadi va Islomni o'rganishingizga yordam berishadi. Ular bilan internetda yoki shaxsiy aloqalar tarzida darslar qilishingiz mumkin. islom musulmon uzbek uzbekistan kyrgyz kazakh karakalpak tatar uyghur turkistan obidqori obidxon obidjon islomdini islomovozi tavba gunoh savob alloh olloh islom.uz