Мирзиёевнинг янги қарори деҳқоннинг косасини оқартирмайдими?
Mirziyoyevning yangi qarori dehqonning kosasini oqartirmaydimi?
http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-44046282
Ўзбекистонлик экспертлар фермер хўжаликлари бўйича 26 апрел куни чиққан Президент Мирзиёев қарорини танқидий кутиб олишди. Уларга кўра, ушбу қарор фермерларнинг қарамлигини оширади ва мулк ҳуқуқи бузилишига янада кўпроқ йўл очиб беради. Тошкентда фаолият юритувчи Иқтисодий ривожланишга кўмаклашиш маркази эксперти Юрий Наумовнинг ced.uz сайтига ёзишича, Президент қарори билан қишлоқ хўжалигида мислсиз ваколатларга янги назорат органи тузилди.
---------------------------------------------------------------------------------------------------
Mirziyoyevning yangi qarori dehqonning kosasini oqartirmaydimi? http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-44046282
Oʻzbekistonlik ekspertlar fermer xoʻjaliklari boʻyicha 26 aprel kuni chiqqan Prezident Mirziyoyev qarorini tanqidiy kutib olishdi. Ularga koʻra, ushbu qaror fermerlarning qaramligini oshiradi va mulk huquqi buzilishiga yanada koʻproq yoʻl ochib beradi. Toshkentda faoliyat yurituvchi Iqtisodiy rivojlanishga koʻmaklashish markazi eksperti Yuriy Naumovning ced.uz saytiga yozishicha, Prezident qarori bilan qishloq xoʻjaligida mislsiz vakolatlarga yangi nazorat organi tuzildi.